
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-avgustdagi Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazganlik natijasi bo‘yicha MA’LUMOTNOMAsiga binoan «Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikalari» kafedrasi professori v.b. pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nigora Kenjaboyeva va “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Bahrom Umarovning magistratura ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan «TADQIQIY PEDAGOGIKA» nomli DARSLIGI nashr qilishga tavsiya etildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Bahrom Umarovning magistratura ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan «TADQIQIY PEDAGOGIKA: PRAKTIKUM» nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etishga ruxsat berilganligini xabar qilgan edik.



