Mazkur o‘quv kurslaridan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktab direktorlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, samarali rahbarlik va boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda zamonaviy ta’lim talablari asosida faoliyat yuritish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat. Kurs davomida ishtirokchilar ta’lim muassasasini samarali boshqarish, jamoa bilan ishlash, pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari hamda rahbarlik faoliyatida innovatsion usullardan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.

Leave a Comment