

«Dolzarb 30 kun» doirasida viloyat umumta’lim maktablarida pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar-treninglar davom etmoqda.
Navbatdagi seminar-treninglarda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish, innovatsion metodlarni amaliyotga joriy etish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr va tajriba almashib, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy yondashuvlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, seminar-treninglarda pedagoglarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy metodlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va kasbiy mahoratini yanada rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.



