
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida «Yil o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovining uchinchi bosqichiga start berildi. Bugun tanlov ishtirokchilari uchun ochilish marosimi o‘tkazilib, sinovlarni tashkil etish tartibi hamda baholash mezonlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shundan so‘ng ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida qur’a tashlash jarayoni o‘tkazildi. 28–30-iyul kunlari davom etadigan tanlovning ushbu bosqichida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qilayotgan pedagoglar o‘zlarining kasbiy mahorati, bilim va innovatsion yondashuvlarini namoyish etadilar. Barcha ishtirokchilarga tanlov sinovlarida omad, yuksak natijalar va munosib g‘alabalar tilaymiz!



