
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar va fan metodistlarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda professor-o‘qituvchilar hamda fan metodistlari tomonidan 6 oy davomida amalga oshirilgan o‘quv-metodik, tashkiliy va amaliy ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Unda malaka oshirish kurslari, hududlarda ko‘rsatilgan metodik xizmatlar, seminar-treninglar, ochiq darslar, metodik tavsiyalar ishlab chiqish hamda ta’lim sifatini oshirish borasida erishilgan natijalar tahlil qilindi. Shuningdek, faoliyat davomida uchragan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Kelgusi yarim yillik uchun ustuvor vazifalar belgilab olinib, metodik xizmat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



