Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan pedagoglarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish yo‘nalishida salmoqli natijalarga erishildi. Joriy yilda amaliy fanlar yo‘nalishida 6 ta, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida 8 ta hamda rus va xorijiy tillar yo‘nalishida jami 10 ta metodik ish Respublika miqyosida ommalashtirildi. Xususan, rus va xorijiy tillar yo‘nalishi bo‘yicha rus tilidan tavsiya etilgan 2 ta, nemis tilidan tavsiya etilgan 3 ta metodik ishning barchasi hamda ingliz tilidan tavsiya etilgan 6 ta metodik ishning 5 tasi Respublika miqyosida ommalashtirildi. Ushbu natijalar pedagoglarning yuksak kasbiy mahorati, ijodiy yondashuvi va samarali mehnatining munosib e’tirofi bo‘lib, ularning ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlarini yaqqol namoyon etadi.



