Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2026-yilgi reja-grafikka muvofiq, ta’lim muassasalari xodimlarini “Yoshlarda halollikni shakllantirish”, “Halollik darslarini o‘tish metodikasi” hamda “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzulari bo‘yicha o‘qitish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan 2026-yil 9-iyun kuni markazda “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” hamda “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan markaz tinglovchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalari, yoshlar ongida halollik, adolat va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishning ahamiyati, shuningdek, ta’lim jarayonida halollik darslarini samarali tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar berildi.

Leave a Comment