«Аniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan viloyat miqyosida ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish, metodik xizmat ko‘rsatish hamda ommalashtirish ishlari uzluksiz amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 4-mart kuni Termiz shahridagi 7-umumiy o‘rta taʼlim maktabining matematika fani o‘qituvchisi (kafedradan masʼul – O.Berdiyeva) Quvondiqova O’g’ iloy tomonidan 7-sinf o‘quvchilariga “To‘g‘ri burchakli uchburchakning xossalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
O’qituvchi ushbu dars orqali o’quvchilarning geometriyadan fazoviy tasavvurlarini shakllantirishda turli usullardan, didaktik o’yinlar (Startup, rebuslarni yechish, «Tangram» o’yini va boshqalar)dan foydalandi.



