2022-yil 10-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi katta o‘qituvchisi Mehriniso Haydarova tomonidan boshlang‘ich ta’lim guruhi tinglovchilari bilan «Baholash ta’lim jarayonining ajralmas qismi.O‘quvchilar bilimlarini, kompetensiyalarini baholashning turli strategiyalari» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
O‘qituvchi dars jarayonida guruhlar bilan ishlash asosida «Zakovat charxpalagi», «Besh barmoq», «Sirli yo‘lakchalar», «Sehrli oyoq izlari», «Zinama-zina» kabi metodlardan foydalanish samaradorligini ko‘rsatdi.
Dars yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



