Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish” (Smart-Ed) loyihasi doirasida tashkil etilgan “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining ikkinchi bosqichi yakuniga yetdi.

O‘quv kurslari davomida tinglovchilar zamonaviy metodika va innovatsion yondashuvlar asosida “Ilk qadam” dasturini amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, o‘zaro tajriba almashdilar.

Yakuniy kun doirasida barcha ishtirokchilarga o‘quv kurslarida muvaffaqiyatli qatnashganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.

Leave a Comment