2026-yil 20-aprel kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasidagi seminar-trening boshlandi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 17-iyundagi 201-sonli buyrug‘iga muvofiq, Islom taraqqiyot banki moliyaviy ko‘magida hamda UNICEF va vazirlik hamkorligida amalga oshirilayotgan “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish” loyihasining ikkinchi komponenti doirasida tashkil etildi. Seminar-trening 20–22-aprel kunlari davom etib, unda maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi pedagoglar ishtirok etmoqda. Dastur doirasida zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Leave a Comment