Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro anjuman — EURIE 2026 – Eurasia Higher Education Summit muvaffaqiyatli yakunlandi. Sammit davomida ta’lim tizimini rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tadbir yetakchi ekspertlar, oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda xalqaro tashkilotlar mutaxassislarini bir maydonda jamladi. Mazkur nufuzli xalqaro maydondagi ishtirok Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi uchun yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a Comment