Tashpulatov Bekzod Xamitovich — Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bekzod Tashpulatov 1988-yilda Termiz shahrida tug‘ilgan. 2013-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — geografiya.

Mehnat faoliyati davomida umumta’lim maktablarida direktor o‘rinbosari, direktor, ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar, 2023-yildan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Leave a Comment