
Joriy yilning 23-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan “O‘quvchilarda kelajak kasblariga qiziqish uyg‘otish” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar davomida ishtirokchilarga zamonaviy mehnat bozori talablari, istiqbolli va innovatsion kasblar haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, ularni kasbga yo‘naltirishda samarali metod va texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, amaliy fanlar hamda to‘garak mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, startap loyihalar va ijodiy ishlarga jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, mavzu yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar.



