Joriy yilning 20-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Oygul Berdiyeva tomonidan matematika guruhi tinglovchilari uchun “Matematik muammolarni hal qilish usullari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida matematik masalalarni yechishda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, muammoli vaziyat yaratish, tahlil va sintez qilish, mantiqiy hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish usullari keng yoritildi. Tinglovchilar bilan interaktiv metodlar asosida amaliy misollar ishlanib, masalalarni bosqichma-bosqich tahlil qilish, optimal yechimni tanlash hamda natijani asoslab berish ko‘nikmalari mustahkamlandi. Shuningdek, dars jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rag‘batlantirish va matematik savodxonligini oshirishga qaratilgan samarali tavsiyalar berildi.

Leave a Comment