“Maktabgacha va maktab ta’limi» ilmiy jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘qituvchilari Abduqodir Mahmudov, Choriyor Maxmatraimov va Nilufar Tursunovalar maqolalari chop etildi. “Maktabgacha va maktab ta’limi” jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining quyidagi qarorlariga asosan pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) hamda fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiyalaridagi asosiy ilmiy natijalarni chop etish uchun milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan: Pedagogika fanlari bo‘yicha: OAK Kengashi tavsiyasi (26.08.2024-y.,
№11-05-4381/01) asosida:
• Ekspert kengashi (29.10.2024-y., №10)
• Rayosat qarori (31.10.2024-y., №363/5)



