

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda MTT musiqa rahbarlari guruhi tinglovchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Boburning serqirra ijodi, davlat arbobi sifatidagi faoliyati hamda boy adabiy merosi haqida ma’ruzalar qilindi. Ayniqsa, uning mashhur asari — «Boburnoma»ning tarixiy va badiiy ahamiyati keng yoritildi.
Shuningdek, tinglovchilar tomonidan Bobur g‘azallari va ruboiylaridan namunalar o‘qildi, musiqiy chiqishlar namoyish etildi.



