Joriy yilning 17-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi tomonidan “Matematika darslarida AKT va raqamli resurslardan foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening jarayonida tinglovchilarga zamonaviy ta’lim platformalari — Kahoot, EduGames hamda boshqa raqamli ta’lim vositalarining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mazkur platformalardan matematika darslarida samarali foydalanish, interaktiv topshiriqlar yaratish va o‘quvchilar faolligini oshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar tomonidan o‘zaro tajriba almashish jarayoni tashkil etilib, dars samaradorligini oshirishda AKT vositalarining o‘rni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi va raqamli resurslardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, mustaqil ishlash ko‘nikmalari va darsga qiziqishini yanada kuchaytirish mumkinligini alohida ta’kidlandi.

Leave a Comment