2025-yil 19-noyabr kuni Turkiyaning STARTINFORUM xalqaro loyihalarni boshqarish va konsalting kompaniyasi va Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib borilishi ko‘zda tutilgan:
✅ professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar tashrifi hamda almashinuvi;
✅ ilmiy nashrlar va tadqiqot materiallari almashinuvi;
✅ qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va ilmiy ishlar rahbarligi;
✅ qo‘shma konferensiyalar va simpoziumlar tashkil etish;
✅ tajriba almashish, master-klasslar, treninglar va stajirovkalar tashkil etish.

Mazkur memorandum ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash hamda zamonaviy pedagogik muhitni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Leave a Comment