
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan markaz tinglovchilari uchun tonggi tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Davlat bayrog‘ining tarixiy ahamiyati, uning ramziy ma’nolari, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, tinglovchilar faolligini oshirish va kayfiyatini ko‘tarish maqsadida turli jamoaviy va interfaol o‘yinlar tashkil etildi. Ishtirokchilar uchun tezkor fikrlashni rivojlantiruvchi “Topqirlar bellashuvi”, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlovchi “Birlik kuchi” o‘yini hamda musobaqa tarzida o‘tkazilgan qiziqarli savol-javoblar tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Tadbir tinglovchilarda yurtga mehr-muhabbat, davlat ramzlariga chuqur hurmat va yuqori kayfiyatni shakllantirishga xizmat qildi.



