Fizika va kimyo fani o‘qituvchilari uchun ilmiy shou va mashg‘ulotlar o‘tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025-yil noyabr oyida vazirlik tizimidagi barcha tashkilotlarda fizika va kimyo fanlari bo’yicha ilmiy-ommabop shoular, laboratoriyalarda ko‘rgazmali darslar va ilmiy kvestlar tashkil etish topshirig’i berilgan.

Shunga asosan bugun Termiz shahridagi 3-IMIda markaz professor-o’qituvchilari tomonidan «Fizika va kimyo – zamonaviy ta’limning poydevori, innovatsiyalar kaliti» mavzusida fizika va kimyo fani o‘qituvchilari bilan ilmiy shou va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilarga ushbu fanlarga oid turli zamonaviy qurilmalar va ilmiy tajribalar bilan tanishish, shuningdek, laboratoriya mashg‘ulotlarida bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratildi. Bu orqali ishtirokchilar fizika va kimyo fanlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ilmiy tafakkurini rivojlantirish va ilmiy tajribalarni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Leave a Comment