Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2025-yil 5-6-noyabr kunlari rejalashtirilgan “Metodik marafon” tadbirlarining navbatdagi bosqichi o’tkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Andijon viloyati pedagogik mahorat markazida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy talablar asosida innovatsion pedagogik kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish, metodik boʻshliqlar va ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlash hamda xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik koʻrish maqsadida 2025-yilning 5-6-noyabr kunlari “Metodik marafon” tadbiri oʻtkazish rejalashtirilgan.

Bugun mazkur «Metodik marafon» tadbirining birinchi kunida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o’qituvchilari va fan metodistlari oʻqish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy fanlar va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida onlayn ishtirok etishmoqda.

Leave a Comment