
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil
20-dekabrdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 867-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov va viloyat pedagogik mahorat markazi direktori o’rinbosari A.Bayturayevlar hamkorligida kengaytirilgan tartibda ZOOM platformasi orqali onlayn yig‘ilish tashkil etildi.
Unda tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari, rasmiy ro‘yxatda keltirilgan maktab direktorlari, shuningdek, umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
Tanqidiy-tahliliy ruhda kechgan yig‘ilish kun tartibida 2025-yilning birinchi yarmida Surxondaryo viloyatida pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar tahlil qilindi.



