
TERMIZ SHAHRIDAGI 31-DMTTDA KO‘CHMA AMALIY MASHG‘ULOT TASHKIL QILINDI
Joriy yilning 20-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi Feruza Saidova tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhi tinglovchilari ishtirokida Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘chma amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi.
Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida tinglovchilar yakuniy attestatsiya mavzulari asosida bolalarga mashg‘ulot o‘tib berdilar.



