
Joriy yilning 29-aprel kuni Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida “Ta’limda pedagogik va psixologik yordam uyushtirishning dolzarb masalalari: Inklyuziv ta’lim muammo va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
✅Tadbir davomida ishtirokchilar inklyuziv ta’limni rivojlantirish, pedagogik va psixologik yordamni tashkil etish bo‘yicha dolzarb muammolarni muhokama qilib, amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashdilar.
✅Mazkur anjumanda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori N.Kenjaboyeva, oʻqituvchilar Z.Safarova, T.Anorov va D.Toʻrayevalar ham ishtirok etib, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



