2025-yil 12-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi To’ychibek Bolliyev tomonidan biologiya guruhi tinglovchilari bilan «Bola huquqlarini himoya qilishning davlat siyosati» mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Dars jarayonida «Karam», «Aqliy hujum», «Klaster», «Xotira mashqi», «Muhokama», «Krosswordli atamalar» metodlaridan foydalanildi. Dars mobaynida tinglovchilar tomonidan mavzuga oid sahna koʻrinishi namoyish etildi.