
OAK e’tirofidagi «Muhandislik va iqtisodiyot» ijtimoiy-iqtisodiy, innovatsion-texnik, ilmiy-amaliy jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent S.Sattorov maqolasi e’lon qilindi.
Maʼlumot uchun, ОАК Rayosatining 2024-yil 28-avgustdagi 360/5-son qarori bilan “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga texnika va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha “Muhandislik va iqtisodiyot” jurnali ro‘yxatga kiritilgan.



