2025-yil 21-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida Ilmiy kengash a’zosi, Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari doktori, professor U.Qodirov birinchi rasmiy opponent sifatida universitet tadqiqotchisi Raimdjanov Mirkarim Tolibjon o‘g‘lining 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha “Internet tarmog‘ida shaxs kommunikativ xulq-atvorining ijtimoiy psixologik xususiyatlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasida ishtirok etdi.