Joriy yilning 21-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi hamda Fanlarni rivojlantirish bo‘limi hamkorligida «PISA 2025 xalqaro tadqiqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, о‘quvchilarning matematik va tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish masalalari» mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda markaz professor-o’qituvchilari tomonidan «PISA 2025: raqamli dunyoda o‘rganish kompetensiyalari», “PISA 2025 doirasida o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholash masalalari”, “O‘quvchilarning PISA topshiriqlarini bajarishda Cerebry.co plaformasidan foydalanish usullari”, “Tabiiy-ilmiy savodxonlik topshiriqlarining tahlili va amaliy mashg’ulotlar“ mavzularida ma’ruza qilindi va o‘qituvchilarga PISA mezonlari asosida o‘quvchilar bilimini baholash usullari, zamonaviy pedagogik strategiyalar va xalqaro standartlarga mos metodik yondashuvlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.