Joriy yilning 7-yanvar kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori Nigora Kenjaboyeva tomonidan Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari uchun «Ta’lim usullari va texnikalarining xususiyatlari: “Aqliy hujum”, “Insert”, “Vaziyatlar usuli”, “Ishbilarmon o‘yin” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Dars davomida kelgusida ilmiy ish olib boradigan o‘qituvchilarga kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.



