Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kunining 33 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati pedogogik mahorat markazida tadbir tashkil etildi. Unda markaz rahbariyati, professor-o’qituvchilar va tinglovchilar faol ishtirok etdi. 
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi va madhiya sadolari ostida yurtimiz bayrogʻi yuqoriga koʻtarildi. Shundan soʻng, markaz professor-o’qituvchilari tomonidan mamlakatimiz bayrogʻining xalqimiz hayotidagi va uning davlatchilik tarixidagi tutgan oʻrni, ahamiyati xususida fikr bildirildi.

Aziz yurtdoshlar! O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan markaz jamoasi Sizlarni muborakbod etadi!