Ma’lumki, 2024-yil 15-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati, Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi vakillari hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Qumqo‘rg‘on tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablariga manzilli metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish va chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olishgandi.
2024-yil 21-noyabr kuni tumandagi 27-sonli tayanch maktabda markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan bitiruvchilari OTMga kirish ko‘rsatkichi 56,7 balldan past va bitiruvchilari OTMga kirmagan maktab direktorlari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktab psixologlari, malaka toifasiga ega bo‘lmagan mutaxassis o‘qituvchilar, asosiy fan olimpiadasi natijalari bo‘yicha o‘quvchilari sovrinli o‘rinlarni olmagan maktablar metodbirlashma rahbarlari, stajyor o‘qituvchilarning kasbiy sertifikatlarini olish borasida amalga oshiriladigan ishlar yo‘nalishlarida o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda.



