Joriy yilning 13-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo’limi boshlig‘i Munisa Oripova va “Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Shahribonu Barotaliyevalar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhi tinglovchilari uchun “Rivojlanish markazlarida ta’limiy faoliyatni tashkil etish va ularni olib borish tartibi” mavzusida binar dars tashkil etildi.
Dars interfaol usulda, kichik guruhlarda, zamonaviy AKT dasturlaridan foydalangan holda tashkil etildi.
Dars jarayonida “Ishchanlik o‘yinlari”, “Oʻrnini top”, “Rolli o‘yinlar”, “Aqliy hujum” kabi metod va interaktiv o‘yinlardan foydalanildi.



