2024-yil 13-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi Mehriniso Haydarova tomonidan boshlang’ich ta’lim guruhi tinglovchilari uchun «Boshlang’ich ta’limning ilmiy-nazariy asoslari bo’yicha dolzarb muammolar, yangiliklar, ilmiy izlanishlar» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Dars jarayonida “Krossvord”, “Tezkor savol-javob”, “Pinbol”, «Venn diagrammasi», «Harflarni o’z o’rniga qo’y», «Besh tushuncha» metod va interaktiv o‘yinlardan foydalanildi.
Dars qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi.



