Joriy yilning 1-noyabr kuni metodik xizmat ko’rsatish bo’limining rus tili va adabiyot fani metodisti D. Axmedova va ona tili va adabiyot fani metodisti  R. Mamatqulovalar tomonidan Termiz shahridagi 1-sonli o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi  O. Gladkovaning 8-«D» sinf o’quvchilari uchun rus tili fanidan «Интеллектуальная игра по повести А.С.Пушкина «Капитанская дочка» mavzusida o’tgan darsi tahlil qilindi. 

 

✅Dars jarayonida  o’quvchilar bilan  individual va guruhlarga bo’lib  ishlandi, shu  bilan birga  «Aqliy hujum», «Savol-javob», «Rolli o’yin» hamda «Klaster» metodlaridan unumli foydalanildi. 

Dars jarayonida kuzatilgan kamchiliklar o’zaro tahlil qilinib, tanlangan mavzuga doir tegishli tavsiyalar berib o’tildi.