📹 Bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi faollar zalida “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va markaz metodistlari tomonidan 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.
✅ Tadbirda pedagogika markazi professor-o‘qituvchilari va malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda Termiz shahridagi 1-, 6-, 9-, 11-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari ishtirok etdilar. Ishtirokchilar tomonidan til bayramiga bag‘ishlab she’rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy va qoʻshiqlar ijro etildi.
Tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.



