Qiziriq tumanidagi tayanch sifatida belgilangan 14-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida ushbu maktabga biriktirilgan 50 nafar aniq fanlar bo‘yicha yetakchi o‘qituvchilar uchun mashg‘ulot jarayonlari boshlandi.
Eslatib o’tamiz, “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanish tizimi uzluksizligini taʼminlash, ulardagi kasb mahorati va malaka saviyasining doimiy oʻsishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan.



