O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida keksa va o‘rta yoshdagi aholiga Internet jahon axborot tarmog‘ida ishlash, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini o‘z ichiga olgan kompyuter savodxonligi kurslarini tashkil etish vazifasi belgilangan. 

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarori bilan tasdiqlangan “2023-2024-yillarda hududlarni raqamli transformatsiya qilish ustuvor loyihalar ro‘yxati”da davlat xodimlari, yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini axborot texnologiyalari va davlat xizmatlari tizimlaridan foydalanishga o‘qitish choralarini ko‘rish nazarda tutilgan. 

 

Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan samarali foydalanish yuzasidan bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o’qituvchilari va tinglovchilari uchun “My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun!” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

 

Seminar trening davomida Elektron hukumat, OneID identifikatsiyalashning yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tish, Mobile-ID, Yagona interaktiv davlat ximatlari portali (my.gov.uz) hamda portaldan foydalanish, joriy etilgan imkoniyatlar va qulayliklar bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Leave a Comment