2024-yil 3-may kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Sayyora To’rayeva va 51-sonli umumta’lim maktabining tarbiya fani o‘qituvchisi Sherzod Normamatov tomonidan tarbiya guruhi tinglovchilari uchun “Muammoli ta’lim. Muammoli vaziyat yaratish usullari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Kurs ishtirokchilari “Tarbiya”, ”Pedagoglar”, ”Huquqshunoslar”, ”Advokatlar” guruhiga bo‘linishdi. O‘quv mashg‘ulotida guruhlar muammoli ta’lim tarixi va jarayoni bilan tanishdi. Guruh ishtirokchilari tomonidan muammoli vaziyat bo‘yicha “Zakovat o‘yini” tashkil etildi. Mashg‘ulotda 31 ball bilan “Huquqshunoslar”lar guruhi g‘alaba qozonishdi.



