Bugun Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Psixologiya, pedagogika va ta’lim texnologiyalari» kafedrasi katta o’qituvchisi, psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Turaxonov Abdukarim Eshkuziyevichga O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga muvofiq “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berildi.
Markaz jamoasi ushbu unvon bilan Abdukarim Eshkuziyevichni tabriklaydi va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!



