Xalqaro PISA tadqiqotlari 15 yoshli oʼsmirlarning savodxonligi, kreativ va mantiqiy fikrlash qobiliyati, maktabda olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʼllay olishi, bir soʼz bilan aytganda mustaqil hayotga tayyorgarligini baholovchi jarayon hisoblanadi.
✅ Oʼzbekistonning xalqaro PISA 2025 tadqiqotlarida ishtirok etishi maqsadida joriy yilning 3-18-may kunlari respublikamizdagi tanlangan umumtaʼlim muassasalarida tajriba-sinov jarayonlari oʼtkazilishi belgilangan.
✅ Xususan, ushbu tajriba-sinov jarayonlarida Surxondaryodagi 3 ta umumta’lim maktabi ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni damda Qiziriq tumanidagi 36-maktabda sinov jarayonlari boshlandi. Unda maktabning 56 nafar 9-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.



