2024-yil 6-may kuni Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi tarix fani metodisti Sherzod To’rayev tomonidan Sho’rchi tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabida 9-«a» sinf o’quvchilari uchun «Jahon tarixi darsida aniq va tabiiy fanlar rivoji» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Dars jarayonida «Sanalar», «Aqliy hujum», »Charxpalak», «Xaritadan toping» kabi metod va interaktiv o‘yinlardan foydalanildi. Dars samarali va taassurotlarga boy bo‘ldi.