Bugun Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi tomonidan “Boshlang’ich ta’limda xalqaro tajribalarning yo’nalishlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy onlayn (Zoom platformasida) konferensiya tashkil etildi.

Mazkur konferensiyada Surxondaryo viloyati pedagogika markazi «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Salomov ham ishtirok etdi va “Boshlang’ich ta’limda
yangi avlod darsliklaridan foydalanishda «4K” modeli” mavzusida ma’ruza qildi.