Joriy yilning 7-noyabr kuni Qiziriq tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabida ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, o’qituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning  yechimi bo’yicha «Ustoz — ta’lim bunyodkori» shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi

Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi «Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi» metodisti Nargiza Karimova o‘qituvchilar qurultoyi tuman bosqichini tashkillashtirishda amaliy yordam berdi.

O‘qituvchilar qurultoyi Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida bo’lib o’tmoqda, unda maktablarning boshlang’ich ta’lim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyoti yo’nalishi metodbirlashma rahbarlari va fan o’qituvchilari qatnashmoqda.