Joriy yilning 27-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahridagi N.Dobrolyubov nomidagi lingvistika universiteti professor- o‘qituvchilari, Rossiya Federatsiyasining Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi ishlari, xorijdagi vatandoshlar, chet elda yashovchilar va xalqaro gumanitar hamkorlik bo‘yicha Federal agentligi (Rossotrudnichestvo)ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakillari Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Rossotrudnichestvo hamda pedagogika markazi o‘rtasida hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.



