⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  2023-yil 27-iyuldagi “Umumta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilarining qobilyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etishni tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 192-sonli buyrug‘i hamda 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 248-sonli buyrug‘i asosida tajriba-sinov etib belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘zlashtirishning yagona standartlari asosida baholash tartibini amaliyotga joriy etish vazifasi belgilangan.

✅ Bugun Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi fan metodistlari U.Karayev va A.Jumayevlar tomonidan barcha fan metodistlari uchun tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish yuzasidan seminar-trening mashg’ulotlari olib borildi.