⚡️ Joriy yilning 18-sentabr kuni Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xodimi Akbar Rizayev Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi rahbariyati bilan uchrashdi.

✅ Uchrashuv davomida Akbar Rizayev pedagogika markazida xalq ta’limi xodimlari malaka oshirishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqib, o‘z taklif va fikr-mulohazalarini berib o‘tdi. Shuningdek, tinglovchilar bilan tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, islohotlar to‘g‘risida bildirib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Rossiya Maorif vazirligi bilan hamkorlikda “Zo‘r” (“Klass”) loyihasi doirasida rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish uchun Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassisi Sandul Aleksandr Mixaylovich Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rqatish milliy markaziga tashrif buyurdi.

Aleksandr Mixaylovich 2023-yil sentabr-dekabr oylarida pedagogika markazi bilan hamkorlikda viloyatdagi maktablarda rus tili fani o‘qituvchilarining kasbiy ehtiyojlarini aniqlash, ularning salohiyatini oshirish orqali maktablarda rus tilini o‘qitish sifatini oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatni olib boradi.