Joriy yilning 8-sentabrida pedagogika markazida malaka oshirayotgan o‘qituvchilar uchun Metodik xizmat bo‘limi metodistlari tomonidan “Metodist soati” tashkil etildi.
Unda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining faoliyati, 2023–2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv rejalardagi (tayanch, variativ, tanlov, ixtisoslashtirilgan, ikkinchi xorijiy til) o‘zgarishlar, XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, «4K modeli» asosida ta’limni tashkil etishning samarali vositalari va uning afzalliklari to‘g‘risida tushunchalar berildi.