Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 192-son buyrug‘i bilan 2023-2024-o‘quv yilidan umumtaʼlim maktablarida yuqori sinf (joriy o‘quv yilida faqat 10-sinflar kesimida) o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etishni tajriba-sinovdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Tajriba-sinov jarayoniga Surxondaryo viloyatidan 8 ta maktab jalb etilgan bo‘lib, ular negizida 4 ta yo‘nalishda 9 ta tanlov sinfi ochildi.
Bugun, Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i B.Boymatov, bo‘lim metodistlari N.Ziyodulloyev hamda B.Raimqulovlar Termiz shahridagi 9-13-sonli umumta’lim maktablarida “ona tili –chet tili” yo‘nalishida ochilgan 10-G sinf mashg‘ulotlari hamda ushbu yo‘nalishdagi tanlov fanlari o‘qituvchilari bilan yaqindan tanishdilar.

Tanlov sinflarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, ushbu sinfga o‘quvchilarni tanlab olish jarayonlari qanday kechganligi, mashg‘ulotlar mazmuni va qo‘shimcha o‘quv-adabiyotlaridan foydalanish va shu singari sinf o‘quvchilari hamda o‘qituvchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ochiq suhbat o‘tkazildi hamda tanlov sinflarni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari haqida qo‘shimcha tushuntirish ishlari amalga oshirildi va ko‘rsatmalar berildi.

Tanlov sinf mashg‘ulotlarini ilg‘or tajribalar asosida tashkil etishni yo‘lga qo‘yish va bu bo‘yicha bo‘lim tomonidan metodik xizmatni ta’minlash, sinfning sifat-samaradorligini oshirish bo‘yicha maktab bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatib olishga kelishib olindi.



