🔷 Joriy yilning 28-avgust kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va RTI international tadqiqot instituti hamkorligida “O‘zbekiston barkamollik uchun taʼlim” dasturi doirasida informatika va axborot texnologiyalari fanidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar bo‘yicha seminar-treningning viloyat bosqichi o‘z ishini boshladi. 

Mazkur trening mashg‘ulotlarida 15 ta hududdan 30 nafar trener o‘qituvchi o‘qitiladi va ular tomonidan umumtaʼlim maktablarining informatika va axborot-texnologiyalari fani o‘qituvchilariga mashg‘ulotlar olib boiriladi.